Silk Road Asia Trades, Hangzhou Silk Road Trades Co., Ltd kompaniyasining Markaziy Osiyodagi filiali, xususan O'zbekiston Respublikasida tekstil sanoatini rivojlantirish va kengaytirish bilan shug'ullanadi. Tekstil sanoatida professional xizmat ko'rsatishga ega bo'lgan va tajribaga boy “Silk Road” o'z mijozlariga turli hil uskunalar, ehtiyot qismlar va aksessuarlar, to'qimachilik uskunalari bilan bog'liq muammolarni hal qilish usullari, ta'mirlash xizmatlarini taqdim etadi. Xitoyning “Silk Road” bosh ofisi va bosh ofisning O'zbekistondagi filiali, juda samarali ishchi komandaga, shuningdek, uyushgan mahsulot etkazib berish tizimiga ega.